Главная » Архив материалов

FireChat anonim messenjeri Yevropa va Osiyoning ko‘plab mamlakatlarida xitga aylandi. Open Garden kompaniyasi tomonidan iOS uchun ishlab chiqilgan ushbu dastur 25-mart kuni sutkasiga 100 ming marta yuklanib olish ko‘rsatkichini qayd etgan. Bu FireChat bir soniyada 1,14 marta yuklab olinganini bildiradi, deyaxabar berdi TJournal.

U Shveysariya, Argentina, Avstraliya, Belgiya, Norvegiya, Ispaniya, Chili va Tayvanda eng ommabop bepul ijtimoiy dasturlar o‘ntaligiga kirdi.

FireChat internetga ulanmasdan turib ham ishlay oladi. iOS 7’da paydo bo‘lgan Multipeer Connectivity Framework texnologiyasidan foydalanib, u qurilmalarni Bluetooth yoki Wi-Fi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulaydi. Open Garden kompaniyasining o‘zi ham messenjer nechtagacha foydalanuvchilarni ulay olishini aniq bilmaydi. Ayni paytda bu sinovdan o‘tkazilmoqda.

FireChat katta yig‘inlarda: musiqiy konsertlar, sport tadbirlari yo ... Читать дальше »

Просмотров: 512 | Добавил: ASILBEK | Дата: 28.03.2014 | Комментарии (0)

Ўзбекистон автомобил ва дарё транспорти агентлиги томонидан Андижон вилояти ҳокимлиги ва бошқа мутасадди идоралар билан биргаликда “Андижон – Тошкент” йўналишида йўналишли такси очиш бўйича амалий ишлар бошлаб юборилди.

 

“Андижон – Тошкент” йўналишли таксини йўлга ... Читать дальше »

Просмотров: 538 | Добавил: ASILBEK | Дата: 28.03.2014 | Комментарии (0)

Qozog‘iston Parlamenti Senati 27-mart kuni “2011-yil 18-oktabrdagi Erkin savdo hududi to‘g‘risidagi Shartnomani uning Tomonlari va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida qo‘llash haqidagi Bayonnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi bayonnomani ratifikatsiya qildi. Bu xususda UzDaily.uz nashri xabar bermoqda.

Bayonnoma 2013-yil 31-may kuni Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari hukumat rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishda imzolangan. Unda O‘zbekiston hamda Erkin savdo hududi to‘g‘risidagi Sh ... Читать дальше »

Просмотров: 373 | Добавил: ASILBEK | Дата: 27.03.2014 | Комментарии (0)

Turkiya hukumati 27-mart kuni YouTube videoxostingiga kirishni bloklab qo‘ydi. Bu haqda mahalliy Hurriyet Daily gazetasi ma’lumotiga tayanib “RIA Novosti” xabar tarqatgan.

Nashrning ta’kidlashicha, YouTube’ga Turkiya yuqori martabali mansabdorlarining o‘zaro uchrashuvi videoyozuvi qo‘yilganidan bir necha soat o‘tib, Telekommunikatsiyalar va aloqa boshqarmasi saytni bloklash to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Hurriyet Daily ma’lumotlariga ko‘ra, bu uchrashuvda Suriyaga harbiy yurish qilish ehtimoli haqida so‘z borgan.

Reuters axborot agentligining ta’kidlashicha, mamlakat tashqi ishlar vaziri Ahmet Dovuto‘g‘li yashirin kamera orqali tasvirga olingan ushbu videoyozuv qisman tahrirlanganligini aytgan. U bu videorolikning e’lon qilinishini “mamlakat mi ... Читать дальше »

Просмотров: 589 | Добавил: ASILBEK | Дата: 27.03.2014 | Комментарии (0)

BMT Bosh assambleyasi 27-mart kuni Ukrainaning hududiy yaxlitligi to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi. Unda, xususan, Qrim muxtoriyatida o‘tkazilgan referendum qonuniy kuchga ega emasligi hamda Qrim va Sevastopolning maqomini o‘zgartirish uchun asos bo‘la olmasligi ta’kidlangan, deya xabar bermoqda Agence France-Presse.

[Foto: ria.ru]

Foto: ria.ru

Hujjatni qabul qilish oldidan Rossiya Federatsiyasining BMTdagi vakili Vitaliy Churkin rezolyutsiya haqida salbiy fikr bildirdi va rezolyutsiya “allaqachon o‘zining tarixiy rolini o‘tab bo‘lgan Qrim referendumining ahamiyatini shubha ostiga qo‘moqchi ekani”ni aytdi. Churkin ovoz beruvchilarni “qrimliklarning erkin tanlovini hurmat qilish”ga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Qrimni Rossiyadan &ld ... Читать дальше »

Просмотров: 545 | Добавил: ASILBEK | Дата: 27.03.2014 | Комментарии (0)

« 1 2