Главная » 2014 » Март » 27 » Turkiya hukumati YouTube’ni bloklab qo‘ydi 27.03.2014/ Dunyo
22:49
Turkiya hukumati YouTube’ni bloklab qo‘ydi 27.03.2014/ Dunyo

Turkiya hukumati 27-mart kuni YouTube videoxostingiga kirishni bloklab qo‘ydi. Bu haqda mahalliy Hurriyet Daily gazetasi ma’lumotiga tayanib “RIA Novosti” xabar tarqatgan.

Nashrning ta’kidlashicha, YouTube’ga Turkiya yuqori martabali mansabdorlarining o‘zaro uchrashuvi videoyozuvi qo‘yilganidan bir necha soat o‘tib, Telekommunikatsiyalar va aloqa boshqarmasi saytni bloklash to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Hurriyet Daily ma’lumotlariga ko‘ra, bu uchrashuvda Suriyaga harbiy yurish qilish ehtimoli haqida so‘z borgan.

Reuters axborot agentligining ta’kidlashicha, mamlakat tashqi ishlar vaziri Ahmet Dovuto‘g‘li yashirin kamera orqali tasvirga olingan ushbu videoyozuv qisman tahrirlanganligini aytgan. U bu videorolikning e’lon qilinishini “mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid”, deya baholagan.

Eslatib o‘tamiz, 20-mart kuni Turkiya bosh vaziri Rajab Tayyib Erdo‘g‘on mamlakatda Twitter mikrobloglar tarmog‘ini tag-tomiri bilan yo‘q qilishi haqida bayonot bergan, biroq 21-mart kuni mamlakat prezidenti Abdulla Gul ijtimoiy tarmoqlarning butkul taqiqlab qo‘yilishi nomaqbul ekanligini ma’lum qilgan edi. 26-martda esa Anqara ma’muriy sudi Twitter mikrobloglar tarmog‘iga qo‘yilgan taqiqni olib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qildi

Просмотров: 591 | Добавил: ASILBEK | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: