Главная » 2014 » Март » 27 » Qozog‘iston Senati O‘zbekistonning ESHga kirishi haqidagi bayonnomani ratifikatsiya qildi 27.03.2014/ Mahalliy
23:01
Qozog‘iston Senati O‘zbekistonning ESHga kirishi haqidagi bayonnomani ratifikatsiya qildi 27.03.2014/ Mahalliy

Qozog‘iston Parlamenti Senati 27-mart kuni “2011-yil 18-oktabrdagi Erkin savdo hududi to‘g‘risidagi Shartnomani uning Tomonlari va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida qo‘llash haqidagi Bayonnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi bayonnomani ratifikatsiya qildi. Bu xususda UzDaily.uz nashri xabar bermoqda.

Bayonnoma 2013-yil 31-may kuni Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari hukumat rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishda imzolangan. Unda O‘zbekiston hamda Erkin savdo hududi to‘g‘risidagi Shartnoma ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlar mexanizmi bayon qilingan. Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya Tojikiston va Ukraina ushbu Shartnoma ishtirokchilaridir.

Aytish kerakki, Erkin savdo hududi to‘g‘risidagi bayonnomani O‘zbekiston 2013-yil 27-dekabr kuni ratifikatsiya qilgan. Qozog‘iston Majlisi esa Bayonnomani 5-mart kuni tasdiqlab, Senatga taqdim etgan edi. Endi ratifikatsiya haqidagi qonun imzolash uchun Qozog‘iston prezidentiga taqdim etiladi.

Просмотров: 374 | Добавил: ASILBEK | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: