Главная » 2014 » Март » 28 » Internetsiz ishlaydigan FireChat messenjeri sutkasiga 100 ming marta yuklab olinmoqda
21:09
Internetsiz ishlaydigan FireChat messenjeri sutkasiga 100 ming marta yuklab olinmoqda

FireChat anonim messenjeri Yevropa va Osiyoning ko‘plab mamlakatlarida xitga aylandi. Open Garden kompaniyasi tomonidan iOS uchun ishlab chiqilgan ushbu dastur 25-mart kuni sutkasiga 100 ming marta yuklanib olish ko‘rsatkichini qayd etgan. Bu FireChat bir soniyada 1,14 marta yuklab olinganini bildiradi, deyaxabar berdi TJournal.

U Shveysariya, Argentina, Avstraliya, Belgiya, Norvegiya, Ispaniya, Chili va Tayvanda eng ommabop bepul ijtimoiy dasturlar o‘ntaligiga kirdi.

FireChat internetga ulanmasdan turib ham ishlay oladi. iOS 7’da paydo bo‘lgan Multipeer Connectivity Framework texnologiyasidan foydalanib, u qurilmalarni Bluetooth yoki Wi-Fi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulaydi. Open Garden kompaniyasining o‘zi ham messenjer nechtagacha foydalanuvchilarni ulay olishini aniq bilmaydi. Ayni paytda bu sinovdan o‘tkazilmoqda.

FireChat katta yig‘inlarda: musiqiy konsertlar, sport tadbirlari yoki boshqa ko‘ngilochar joylarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Dasturda, shuningdek “Umumiy” rejimi ham bo‘lib, u internetga ulanishni talab qiladi. Bunda foydalanuvchi o‘zining yaqinida turgan kishilar bilan bir “xona”ga tushib qoladi. Undagi foydalanuvchilar soni 80 tagacha yetishi mumkin.

Просмотров: 513 | Добавил: ASILBEK | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: