Главная » 2014 » Март » 27 » BMT Bosh assambleyasi Qrimdagi referendumni noqonuniy, deya e’tirof etdi 27.03.2014/ Dunyo
22:44
BMT Bosh assambleyasi Qrimdagi referendumni noqonuniy, deya e’tirof etdi 27.03.2014/ Dunyo

BMT Bosh assambleyasi 27-mart kuni Ukrainaning hududiy yaxlitligi to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi. Unda, xususan, Qrim muxtoriyatida o‘tkazilgan referendum qonuniy kuchga ega emasligi hamda Qrim va Sevastopolning maqomini o‘zgartirish uchun asos bo‘la olmasligi ta’kidlangan, deya xabar bermoqda Agence France-Presse.

[Foto: ria.ru]

Foto: ria.ru

Hujjatni qabul qilish oldidan Rossiya Federatsiyasining BMTdagi vakili Vitaliy Churkin rezolyutsiya haqida salbiy fikr bildirdi va rezolyutsiya “allaqachon o‘zining tarixiy rolini o‘tab bo‘lgan Qrim referendumining ahamiyatini shubha ostiga qo‘moqchi ekani”ni aytdi. Churkin ovoz beruvchilarni “qrimliklarning erkin tanlovini hurmat qilish”ga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Qrimni Rossiyadan “tiriklay” kesib olishgan”ligi sobiq Ittifoq parchalanganidan keyin yaqqol ma’lum bo‘lgan.

[Vitaliy Churkin / Foto: directmatin.fr]

Vitaliy Churkin / Foto: directmatin.fr

Ovoz berishda rezolyutsiyani BMT a’zolaridan 100 nafari qo‘llab-quvvatladi. 11 nafar a’zo unga qarshi, 58 nafari esa betarafligini bildirib ovoz berdi.

Rezolyutsiyaga ko‘ra, BMT Bosh assambleyasi “Ukrainaning xalqaro tan olingan chegaralar ichida suverenligi, siyosiy mustaqilligi, birligi va hududiy yaxlitligi borasidagi qarashga sodiqligini tasdiqlaydi”.

Shu tariqa, BMT Bosh assambleyasi Qrimda o‘tkazilgan referendumni qonuniy kuchga ega emas, deb hisobladi hamda barcha davlatlar, xalqaro tashkilotlar va ixtisoslashgan muassasalarni Qrim va Sevastopolning maqomidagi o‘zgarishlarni tan olmaslikka chaqirdi.

“RIA Novosti” axborot agentligining eslatishicha, BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalaridan farqli ravishda, Bosh assambleyaning rezolyutsiyalari ijro etilishi majburiy emas, balki tavsiya xarakteriga egadir.

Просмотров: 546 | Добавил: ASILBEK | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: