Главная » 2014 » Март » 28 » “Zolotaya Korona” pul o‘tkazmalari tizimi O‘zbekistonda o‘z faoliyatini to‘xtatadi
21:26
“Zolotaya Korona” pul o‘tkazmalari tizimi O‘zbekistonda o‘z faoliyatini to‘xtatadi

1-apreldan boshlab “Zolotaya Korona” pul o‘tkazmalari tizimi O‘zbekistonda o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Bu haqda Asia Alliance Bank, Ipoteka Bank va Invest Finance Bank’dan olgan ma’lumotlariga tayanib, “Anhor.uz” nashrixabar berdi.

Ushbu banklarning ma’lum qilishicha, 27-mart “Zolotaya Korona” orqali yuborilgan mablag‘larni qabul qilib olish uchun so‘nggi kun bo‘lgan. Shuningdek, bu hol vaqtinchalik ekani qayd etilgan.

Tizimning O‘zbekistonda ishlamay qolishiga normativ hujjatlar bilan bog‘liq bo‘lgan va texnik nosozliklar sabab qilib ko‘rsatilgan. Tizim vakillari esa ushbu holatni izohlashdan bosh tortgan. “Zolotoya Korona”ning faoliyati qachon qayta tiklanishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Bankdagilar pul yuborish yoki qabul qilib olish uchun endi “Zolotaya Korona”dan foydalanmaslikni tavsiya qilishdi. Dushanbadan e’tiboran faqat Western Union, Asia Express va Money Transfer tizimlari ishlatilishini ma’lum qilishdi.

Просмотров: 568 | Добавил: ASILBEK | Рейтинг: 4.0/1
Всего комментариев: 1
1 test  
0
test

Имя *:
Email *:
Код *: