Главная » 2014 » Март » 28 » Yanukovich Ukrainaning har bir hududida referendum o‘tkazishni talab qildi
21:18
Yanukovich Ukrainaning har bir hududida referendum o‘tkazishni talab qildi

Hukumatdan chetlashtirilgan sobiq prezident Viktor Yanukovich ukrain xalqiga murojaat bilan chiqish qildi. U mamlakat tarkibidagi har bir hududning maqomini aniqlash borasida referendum o‘tkazishga chaqirdi, debyozadi “ITAR-TASS” axborot agentligi.

“Fikran va qalban siz bilan birga bo‘lgan prezident sifatida Ukrainaning sog‘lom fikrli har bir fuqarosiga murojaat etaman: qalloblar sizdan foydalanishlariga yo‘l qo‘ymang! Ukraina tarkibidagi har bir hududning maqomini aniqlash borasida referendum o‘tkazilishini talab qiling!” – deyiladi hukumatdan chetlatilgan prezidentning murojaatida.

Yanukovichning so‘zlariga ko‘ra, shoshilinch o‘tkaziladigan navbatdan tashqari prezident saylovi emas, balki faqat umumukrain referendumigina Ukrainadagi siyosiy vaziyatni sezilarli darajada barqarorlashtirishi hamda uning suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlab qolishi mumkin. Qonunchilikka kiritilgan konstitutsiyaga zid o‘zgarishlar, jumladan, Ukraina prezidenti saylovi haqidagilari ham qachon o‘tkazilishidan qat’i nazar, saylovlarning adolatli bo‘lishi imkonini yo‘qqa chiqaradi.

“Hozirgi hukumat Ukrainaning konstitutsiyasini buzuvchi bir qancha qonunlar Maydan bosimi ostida qabul qilindi. Doimiy tahdidlardan tashqari, ko‘plab xalq deputatlari va ularning oilalariga nisbatan zo‘rlik ishlatildi”, deyiladi murojaatda.

Просмотров: 653 | Добавил: ASILBEK | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: