Главная » 2014 » Март » 28 » PAYNET ayrim xizmatlarga to‘lovlarni qayta qabul qilishni boshladi
21:53
PAYNET ayrim xizmatlarga to‘lovlarni qayta qabul qilishni boshladi

 

Shaxar telefon tarmoqlari va «UZONLINE» internet xizmati uchun to'lovlar qayta qabul qilina boshlandi.

25-martdan UZPAYNET kompaniyasi ayrim xizmatlar uchun to‘lovlarni qayta qabul qilishni boshlaganini xabar qildi.

«O‘zbektelekom» AK filiallari abonentlaridan shaxar telefon tarmoqlari xizmatlari (uy telefoni) va «O‘zbektelekom» AKning «Biznesni Rivojlantirish Markazi» Filiali abonentlaridan «UZONLINE» internet xizmati uchun to'lovlar qayta qabul qilina boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10- martdagi «Tadbirkorlik sub’ektlarining bank ishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi qaroriga asosan «UZPAYNET» to‘lov tizimi orqali to‘lovlarni qabul qilish hisob-kitoblariga o‘zgartirishlar kiritilayotganligi sababli 19-martdan shahar telefon tarmoqlari («Uzbektelekom» AK filiallari), internet provayderlari (Sharq Telekom, Uzonline), televideniye xizmatlari (UZDIGITAL TV, Stars TV) uchun to‘lovlarni qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatilib turilgan edi.

 

 

Просмотров: 489 | Добавил: ASILBEK | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Xaker  
0
Paynet 900 so'mlik vaucher chiqibdi.

Имя *:
Email *:
Код *: