Главная » 2014 » Март » 28 » O‘zbekiston Ummon bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
21:39
O‘zbekiston Ummon bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 25- va 27-may kunlari Ummonga qarshi 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Har ikkala o‘yin ham Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Shu kunlarda bu ma’lumot O‘FF tomonidan rasman tasdiqlanishi kutilmoqda, deb yozadi “Championat.Asia”.FIFA reytingida 81-o‘rinni egallab turgan Ummon terma jamoasi joriy yil hisobidan hozirgacha 3 ta o‘yin o‘tkazdi. 24- va 31-yanvar kunlari Iordaniya va Finlyandiya terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvida durang (0:0) o‘ynagan Pol le Guen shogirdlari 5-mart kuni Osiyo Kubogi—2015 saralash o‘yinida Singapurni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Просмотров: 407 | Добавил: ASILBEK | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: