Главная » 2014 » Март » 28 » Farg‘onada “soxta prokuror” qo‘lga olindi
21:13
Farg‘onada “soxta prokuror” qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatida fuqarolardan muqaddas Haj amalini o‘tash uchun ruxsatnoma olib berish uchun pora talab qilgan “soxta prokuror” jinoyat ustida Baxtiyor Axunov qo‘lga olindi. Bu haqda “Kun” nashri xabar berdi.

O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Huquq” gazetasida yozilishicha, o‘zini viloyat prokurori deb tanishtirgan B. Amanov muqaddam uch marta jinoiy javobgarlikka tortilgan. Amnistiya qo‘llanilgach, jinoyat ishlari tugatilib, jazodan kutilib qolgan.

U muqaddas Haj amaliyotini o‘tash uchun ruxsatnoma olishiga ko‘maklashish maqsadida kishilardan 1000 dollar “xizmat haqi” oladi. B. Axunov “hukumatda va Diniy qo‘mitada yuqori lavozimlardan ishlaydigan tanishlari orqali haj safariga ruxsatnoma olib berishi mumkin”ligini aytadi.

Fuqarolar 2013-yili Haj ziyoratiga bora olishmagach, u “Haj safari uchun harakatni biroz kech boshlaganliklarini” vaj qilib ko‘rsatadi va ularni Umra ziyoratiga yuborishi mumkinligini aytadi. Buning uchun yana 400 dollardan talab qiladi.

Farg‘ona viloyati prokuraturasi xodimlari uni jinoyat ustida qo‘lga olib, tergov hujjatlari sudga oshirilgan.

Просмотров: 504 | Добавил: ASILBEK | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: